
Kredit takliflariFaol

Kredit takliflariFaol

Muddati çeklanganFaol

Mavsumiy taklifYakunlangan

Yoqilği vauçeriYakunlangan

Maxsus taklifYakunlangan
Maxsus taklif barça Toyota avtomobil modellariga taalluqli bölib, ularni maxsus şartlarda avtokredit yoki muddatli tölov asosida xarid qiliş imkonini beradi.
Taklif quyidagi avtomobil modellariga taalluqli:
Maxsus taklif doirasida avtomobillarni avtokredit asosida xarid qiliş quyidagi şartlarda amalga oşiriladi:
Maxsus taklif doirasida avtomobillarni quyidagi şartlarda yillik 0% stavka bilan muddatli tölov asosida xarid qiliş imkoniyati nazarda tutilgan:
Muddatli tölov belgilangan şartlarda va amaldagi talablarga muvofiq taqdim etiladi.
Xarid qilinayotgan avtomobil uçun suğurta polisini rasmiylaştiriş majburiy hisoblanadi. Suğurta polisi qiymati alohida tölanadi va avtomobil narxi yoki moliyalaştiriş şartlariga kiritilmagan.
Avtomobillarning joriy çakana narxlarini Toyota Uzbekistan rasmiy veb-saytidan bilib olişingiz mumkin: https://uzbekistan.toyota-centralasia.com/financing.
Maxsus taklifning amal qiliş muddati çeklangan bölib, u belgilangan şartlarga rioya qilingan holda körsatilgan avtomobil modellariga taalluqlidir.
Avtomobillarni xarid qiliş şartlari, oylik tölovlar miqdori, avtokredit yoki muddatli tölovni rasmiylaştiriş tartibi va boşqa tafsilotlar haqida batafsil ma’lumotni Toyota rasmiy dilerlik markazlaridan olişingiz mumkin.
Avtokredit va muddatli tölov Kapital Bank tomonidan bank belgilagan şartlar asosida va uning amaldagi talablariga muvofiq taqdim etiladi.
Toyota Royal Motors
Toyota A Auto
Toyota Uzinavto
Toyota Otto Motors
Marketing kampaniyasining asosiy maqsadi mijozlarga ğamxörlik qiliş, Özbekiston Respublikasida «Toyota» va «Lexus» rusumli avtomobillardan xavfsiz va işonçli foydalanişni ta’minlaş, şuningdek, mijozlarni Toyota rasmiy servis xizmatining afzalliklari bilan taniştiriş hamda işonç va sifatga asoslangan uzoq muddatli munosabatlarni şakllantirişga qaratilgan maxsus servis kampaniyasini ötkazişdan iborat.
Marketing kampaniyasi Özbekiston Respublikasi hududida ötkaziladi va quyidagi Toyota rasmiy dilerlik markazlarida amal qiladi:
Marketing kampaniyasi Toyota va Lexus rusumli avtomobillar egalariga möljallangan.
Marketing kampaniyasi doirasida mijozlarga quyidagi servis imtiyozlari taqdim etiladi:
Marketing kampaniyasi amal qiladigan davrda mijozlarga öz avtomobillarini 10 ta asosiy yönaliş böyiça bepul tekşirtiriş imkoniyati taqdim etiladi.
Tekşiruv avtomobilning asosiy tizimlari va tarkibiy qismlarini diagnostika qilişni öz içiga oladi hamda Toyota rasmiy dilerlik markazlarining malakali mutaxassislari tomonidan amalga oşiriladi.
Diagnostika quyidagi yönalişlarni qamrab oladi:
Tekşiruv belgilangan 10 ta yönaliş röyxati doirasida amalga oşiriladi. Zarurat tuğilganda qöşimça işlar va xizmatlar mijoz bilan alohida kelişiladi. Tekşiruv bepul amalga oşiriladi. Tekşiruv natijalari axborot beriş xususiyatiga ega bölib, kafolatli xizmat körsatiş yoki suğurta maqsadlari uçun avtomobilning texnik holati töğrisidagi xulosa hisoblanmaydi hamda rejali texnik xizmat körsatiş örnini bosmaydi. Qöşimça işlar, xizmatlar va ehtiyot qismlar mijoz tomonidan dilerlik markazining amaldagi narxlari asosida tölanadi.
Marketing kampaniyasi doirasida mijozga 300 000 (uç yuz ming) söm nominal qiymatidagi servis vauçeri taqdim etiladi. Uşbu vauçer Toyota’ning kampaniyada iştirok etuvçi rasmiy dilerlik markazlarida servis xizmatlari va ehtiyot qismlar uçun tölovni amalga oşirişda işlatilişi mumkin.
Vauçer mijozga Marketing kampaniyasi ötkaziladigan davrda, ya’ni 2026-yil 15-oktabrdan 30-noyabrgaça, kampaniyada iştirok etuvçi Toyota rasmiy dilerlik markazida avtomobil 10 ta asosiy yönaliş böyiça tekşirilganidan söng elektron şaklda (SMS yoki QR-kod orqali) taqdim etiladi.
Vauçer berilganidan keyin 24 soat ötgaç faollaştiriladi.
Vauçer 2026-yil 31-dekabrga qadar amal qiladi.
Har bir mijoz Marketing kampaniyasi doirasida köpi bilan bitta vauçer olişi mumkin. Bitta vauçer bitta avtomobil uçun beriladi; avtomobil VIN-raqami orqali aniqlanadi.
Vauçerdan kampaniyada iştirok etuvçi Toyota rasmiy dilerlik markazlarida avtomobilga texnik xizmat körsatiş va ta’mirlaş işlari, original ehtiyot qismlar hamda sarflaş materiallari uçun tölovni amalga oşirişda foydalaniş mumkin.
Vauçerdan faqat bir marta foydalaniş mumkin. Agar bajarilgan işlar va/yoki ehtiyot qismlar qiymati vauçer nominal qiymatidan kam bölsa, foydalanilmagan qoldiq mijozga pul şaklida qaytarilmaydi va keyingi murojaatlar uçun ötkazilmaydi. Agar işlar va/yoki ehtiyot qismlar qiymati vauçer nominal qiymatidan yuqori bölsa, farq mijoz tomonidan tölanadi.
Vauçer pul mablağlariga almaştirilmaydi, boşqa şaxsga berilmaydi va faqat vauçer rasmiylaştirilgan avtomobil uçun qöllaniladi.
Agar boşqa aksiya yoki maxsus taklif şartlarida boşqaça tartib nazarda tutilmagan bölsa, vauçer boşqa aksiyalar va maxsus takliflar bilan birgalikda qöllanilmaydi.
2026-yil 31-dekabrga qadar foydalanilmagan vauçer bekor qilinadi va uning uçun heç qanday kompensatsiya tölanmaydi.
Marketing kampaniyasi 2026-yil 15-oktabrdan 30-noyabrgaça amal qiladi.
Vauçerlar soni çeklanmagan.
Avtomobilni 10 ta asosiy yönaliş böyiça bepul tekşiriş Marketing kampaniyasi şartlari asosida kampaniyada iştirok etuvçi Toyota rasmiy dilerlik markazlarida amalga oşiriladi.
Marketing kampaniyasida Toyota va Lexus rusumli avtomobillarning jismoniy va yuridik şaxs bölgan egalari, şuningdek, avtomobilni qonuniy asosda boşqarayotgan şaxslar iştirok etişi mumkin. Kampaniya avtomobil Özbekiston Respublikasiga kim tomonidan olib kirilganidan qat’i nazar, Toyota va Lexus rusumli avtomobillarga tatbiq etiladi.
Avtomobillarni tekşiriş xizmatlari hamda vauçerlarni qabul qiliş kampaniyada iştirok etuvçi Toyota rasmiy dilerlik markazlari tomonidan amalga oşiriladi. Uşbu dilerlik markazlari körsatilgan xizmatlar va sotilgan ehtiyot qismlarning sifati uçun Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga muvofiq mijozlar oldida javobgar hisoblanadi.
Marketing kampaniyasida iştirok etiş orqali mijoz «Toyota Central Asia» XK MÇJ va kampaniyada iştirok etuvçi Toyota rasmiy dilerlik markazlariga Marketing kampaniyasini ötkaziş maqsadida özining şaxsiy ma’lumotlarini (familiyasi, ismi, otasining ismi, telefon raqami, avtomobilning VIN-raqami va davlat röyxatidan ötkaziş raqami) Özbekiston Respublikasining «Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida»gi Qonuniga muvofiq qayta işlaşga rozilik beradi.
Marketing kampaniyasi taşkilotçisi Marketing kampaniyasi şartlarini özgartiriş yoki uni muddatidan oldin tugatiş huquqiga ega. Bunda tegişli ma’lumotlar özgarişlar kuçga kirişidan kamida 3 kalendar kun oldin rasmiy veb-saytda e’lon qilinadi. Kiritilgan özgartirişlar ular e’lon qilinişidan oldin berilgan vauçerlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Marketing kampaniyasi taşkilotçisi: «Toyota Central Asia» XK MÇJ.
Manzil: Özbekiston Respublikasi, Toşkent şahri, 100022, Yakkasaroy tumani, Armuğon MFY, Kiçik Halqa Yöli köçasi, 10-uy.
STIR: 305 901 077.
Тел: 1867
Elektron poçta manzili:
Marketing kampaniyasi şartlari, unda iştirok etuvçi dilerlik markazlari va servis vauçerini oliş tartibi haqida batafsil ma’lumotni Toyota rasmiy dilerlik markazlaridan, şuningdek, Toyota Uzbekistan rasmiy veb-saytidan oliş mumkin: https://www.toyota.uz/
Toyota rasmiy dilerlik markazlarining aloqa ma’lumotlari:
Toyota Royal Motors
Toyota A Auto
Toyota Uzinavto
Toyota Otto Motors
Mazkur marketing kampaniyasining asosiy maqsadi mijozlarga ğamxörlik qiliş, Özbekiston Respublikasida Toyota rusumli avtomobillardan işonçli foydalanişni ta’minlaş, mijozlarni Toyota rasmiy servis xizmatining afzalliklari bilan taniştiriş hamda işonç va sifatga asoslangan uzoq muddatli munosabatlarni şakllantirişga qaratilgan maxsus servis kampaniyasini ötkazişdan iborat.
Marketing kampaniyasi Özbekiston Respublikasi hududida ötkaziladi va quyidagi rasmiy Toyota dilerlik markazlarida amal qiladi:
Marketing kampaniyasi Toyota va Lexus rusumli avtomobillar egalariga möljallangan.
Marketing kampaniyasi doirasida mijozlarga quyidagi maxsus servis takliflari taqdim etiladi. Uşbu takliflardan faqat aksiya amal qiladigan davrda foydalaniş mumkin.
Avtomobilni 10 ta asosiy yönaliş böyiça tekşiriş avtomobilning asosiy tizimlarini kompleks diagnostika qilişni öz içiga oladi. Tekşiruv Toyota kompaniyasining sertifikatlangan mutaxassislari tomonidan professional diagnostika uskunalari yordamida amalga oşiriladi.
Diagnostika quyidagi yönalişlarni qamrab oladi:
Marketing kampaniyasi amal qiladigan davrda mijozlarga BG Frigi-Clean 712M mahsulotini xarid qiliş uçun 50% çegirma taqdim etiladi.
Taklif marketing kampaniyasida iştirok etuvçi rasmiy Toyota dilerlarida mahsulot mavjud bölgan taqdirda amal qiladi.
Toyota rasmiy servis markaziga murojaat qilganliklari uçun minnatdorçilik belgisi sifatida mijozlarga 300 000 (uç yuz ming) söm nominal qiymatidagi servis vauçeri taqdim etiladi. Vauçerdan Toyota rasmiy servis markaziga keyingi taşrif davomida foydalaniş mumkin.
Vauçerning amal qiliş muddati — 2026-yil 31-avgustgaça, şu kun ham qöşilgan holda.
Vauçerdan foydalaniş tartibi va u qöllanilişi mumkin bölgan xizmatlar röyxati haqida batafsil ma’lumotni rasmiy Toyota dilerlaridan oliş mumkin.
Takliflar soni çeklangan.
Taşkilotçi marketing kampaniyasi şartlariga oldindan xabardor qilmasdan özgartirişlar kiritiş huquqini özida saqlab qoladi.
Aksiya şartlari, takliflarning amal qiliş muddati va mahsulot mavjudligi haqida batafsil ma’lumotni rasmiy Toyota dilerlik markazlaridan, şuningdek, Toyota Uzbekistan rasmiy veb-saytidan oliş mumkin: https://www.toyota.uz/
Rasmiy Toyota dilerlik markazlarining aloqa ma’lumotlari
Toyota Royal Motors
Toyota A Auto
Toyota Uzinavto
1.1. Mazkur aksiya Özbekiston Respublikasi hududida Toyota Prado avtomobillari savdosini rağbatlantiriş maqsadida «OLTIN TULPOR TRADE» XK MÇJ va «A AUTO DEALER» MÇJ dilerlik markazlarida ötkaziladi (keyingi örinlarda birgalikda «Taşkilotçilar» deb yuritiladi).
2.1. Aksiya 2026-yil 30-aprelga qadar, şu kun ham qöşilgan holda amal qiladi.
2.2. Aksiyada iştirok etiş huquqi aksiya amal qiladigan davrda tuzilgan oldi-sotdi şartnomasi asosida Toyota Prado avtomobili xarid qilinganda yuzaga keladi.
3.1. Aksiyada Taşkilotçilardan quyidagi komplektatsiyalardagi yangi Toyota Prado avtomobilini xarid qiluvçi jismoniy va yuridik şaxslar iştirok etişlari mumkin: Toyota Land Cruiser Prado avtomobilining SFX L1, L2, D1, D3 va A0 spetsifikatsiyalari.
3.2. Aksiya doirasida Toyota Prado avtomobili xarid qilinganda, Taşkilotçi xaridorga bonus sifatida yoqilği-moylaş materiallarini (keyingi örinlarda — «YMM») oliş huquqini taqdim etadi.
3.3. Bitta avtomobil xarid qilinganda, iştirokçi umumiy qiymati 24 000 000 (yigirma tört million) söm bölgan YMMni oliş huquqiga ega böladi.
4.1. YMMni oliş huquqining qiymati 24 000 000 (yigirma tört million) sömni taşkil etadi.
4.2. YMMni oliş huquqi avtomobil uçun tölov töliq amalga oşirilganidan söng Taşkilotçi tomonidan xaridorga taqdim etiladi.
4.3. YMMni oliş huquqi belgilangan miqdorda taqdim etiladi va yoqilği uçun amalda sarflangan xarajatlarga boğliq emas.
4.4. YMMni taqdim etiş tartibi Taşkilotçi tomonidan belgilanadi va avtomobil oldi-sotdi şartnomasi tuzilayotganda xaridorga ma’lum qilinadi.
4.5. YMMni oliş tartibi haqida batafsil ma’lumotni iştirokçilar Taşkilotçilarning dilerlik markazlaridan, şuningdek, www.toyota.uz rasmiy veb-saytidan olişlari mumkin.
5.1. YMMni oliş huquqidan foydalaniş muddati va şartlari Taşkilotçi tomonidan belgilanadi hamda avtomobil oldi-sotdi şartnomasi tuzilayotganda xaridorga ma’lum qilinadi.
6.1. YMMni oliş huquqi xaridorga Taşkilotçi tomonidan belgilangan tartib va muddatlarda taqdim etiladi.
6.2. YMMni oliş huquqini taqdim etiş Taşkilotçining xaridor oldidagi majburiyatlarini bajariş doirasida amalga oşiriladi.
7.1. YMMni oliş huquqini taqdim etiş şartlari, tartibi va şakli Taşkilotçi tomonidan belgilanadi. Taşkilotçi uşbu şartlarga rioya etilişi uçun javobgar hisoblanadi.
7.2. YMMni oliş huquqi mazkur aksiya doirasida Taşkilotçi tomonidan taqdim etiladi va uning xaridor oldidagi majburiyatlariga kiradi.
7.3. «SUMMIT MOTORS CENTRAL ASIA» XK MÇJ (distribyutor) Özbekiston Respublikasi qonunçiligida ruxsat etilgan doirada Taşkilotçilar tomonidan belgilanadigan YMMni taqdim etiş şartlari, tartibi va uning amalda berilişi uçun javobgar hisoblanmaydi.
7.4. Takliflar soni çeklangan. Taklif mavjudligi haqida ma’lumotni bevosita Taşkilotçilardan aniqlaştiriş lozim.
8.1. Aksiya amal qiladigan davrda Toyota Prado avtomobilining oldi-sotdi şartnomasi böyiça majburiyatlar töliq bajarilgan paytdan boşlab şaxs aksiya iştirokçisiga aylanadi va şu orqali mazkur şartlarga töliq roziligini tasdiqlaydi.
8.2. Mazkur şartlar ommaviy oferta hisoblanmaydi.
8.3. Aksiyani ötkaziş bilan boğliq nizolar yuzaga kelgan taqdirda, yakuniy qaror Özbekiston Respublikasi qonunçiligiga muvofiq Taşkilotçilar tomonidan qabul qilinadi.
8.4. Taşkilotçilar aksiya şartlariga bir tomonlama tartibda özgartirişlar kiritiş huquqiga ega. Tegişli ma’lumot www.toyota.uz veb-saytida e’lon qilinadi.
8.5. Aksiya, jumladan, YMMni oliş tartibi va bonusni taqdim etiş şakli haqida batafsil ma’lumotni iştirokçilar Taşkilotçilardan, şuningdek, www.toyota.uz rasmiy veb-saytidan olişlari mumkin.
Aksiya haqida qöşimça ma’lumot oliş uçun iştirokçilar quyidagi Taşkilotçilarga murojaat qilişlari mumkin:
«OLTIN TULPOR TRADE» XK MÇJ (Toyota Royal Motors)
«A AUTO DEALER» MÇJ (Toyota A Auto)
Marketing kampaniyasining asosiy maqsadi mijozlarga ğamxörlik qiliş, Özbekiston Respublikasida Toyota rusumli avtomobillardan işonçli foydalanişni ta’minlaş, mijozlarni Toyota rasmiy servis xizmatining afzalliklari bilan taniştiriş hamda işonç va sifatga asoslangan uzoq muddatli munosabatlarni şakllantirişga qaratilgan maxsus servis kampaniyasini ötkazişdan iborat.
Kampaniya Özbekiston, Tojikiston va Turkmaniston hududlarida ötkaziladi hamda, birinçi navbatda, ilgari Toyota rasmiy dilerlarida servis xizmatidan foydalanmagan Toyota rusumli avtomobillar egalariga möljallangan.
Marketing kampaniyasi doirasida aksiya amal qiladigan davrda mijozlarga quyidagi uçta asosiy servis imtiyozi taqdim etiladi:
1. Avtomobilni 10 ta asosiy yönaliş böyiça bepul tekşiriş
Avtomobilni 10 ta asosiy yönaliş böyiça bepul tekşiriş uning asosiy tizimlarini kompleks diagnostika qilişni öz içiga oladi. Tekşiruv Toyota kompaniyasining sertifikatlangan mutaxassislari tomonidan original diagnostika uskunalari yordamida amalga oşiriladi.
2. Toyota Genuine Motor Oil (TGMO) original dvigatel moyi uçun maxsus şartlar
Marketing kampaniyasi amal qiladigan davrda mijozlarga Toyota Genuine Motor Oil (TGMO) original dvigatel moyini xarid qiliş uçun maxsus şartlar taklif etiladi. Uşbu moy dvigatelni himoya qilişga va işlab çiqaruvçi talablariga muvofiqlikni ta’minlaşga xizmat qiladi.
3. Keyingi taşrif uçun servis vauçeri
Toyota rasmiy servis xizmatiga murojaat qilganliklari uçun minnatdorçilik belgisi sifatida mijozlarga nominal qiymati 25 AQŞ dollariga teng bölgan servis vauçeri taqdim etiladi. Vauçer taqdim etilgan kundagi Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi böyiça sömga aylantiriladi.
Vauçerdan Toyota rasmiy servis markaziga keyingi taşrif davomida, vauçer berilgan kundan boşlab 90 kun içida foydalaniş mumkin.
Quyidagi aloqa bölimi orqali mijozlarni qöllab-quvvatlaş xizmatimizga murojaat qilişingiz mumkin.
Diqqat! Uşbu bölim faqat Toyota mijozlarining murojaatlari va fikr-mulohazalari uçun möljallangan. Reklama mazmunidagi xabarlar körib çiqilmaydi.
Murojaatingiz uçun rahmat!
Mutaxassislarimiz siz bilan boğlanişadi